«Games of the Future – 2026» raqamlarda: Astanadagi turnir qanday o'tdi
50 dan ortiq mamlakatdan 800 nafardan ziyod sportchi, 453 million tomosha va qariyb 29 ming tomoshabin. Astanada raqamli va an'anaviy sportni birlashtirgan eng yirik xalqaro musobaqalardan biri – «Games of the Future – 2026» yakuniga yetdi.

12 kun davom etgan musobaqalarda Ostonaning to‘rtta sport majmuasida 108 ta jamoa sakkizta fidjital yo‘nalishida bellashdi.
Turnir xalqaro miqyosda keng yoritildi. Musobaqalar 289 ta kanal, jumladan 56 ta rasmiy media hamkor va 229 nafar community-strimer orqali namoyish etildi. Tomoshabinlar bahslarni 150 dan ortiq mamlakat va hududda 20 tilda kuzatish imkoniga ega bo‘ldi. Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, turnirning potensial media qamrovi 7,68 milliarddan oshdi.
Games of the Future fidjital formatida o‘tkaziladi: ishtirokchilar avval virtual muhitda bellashadi, so‘ng esa musobaqani haqiqiy sport maydonida davom ettiradi. Bu format kiber sport va an’anaviy sportni birlashtirib, dunyo bo‘ylab tobora ommalashib bormoqda.
Games of the Future – 2026 yakunlanganidan so‘ng Qozog‘iston raqamli sport yo‘nalishidagi yirik xalqaro musobaqalarni qabul qilishni davom ettiradi. 2027 yilda Ostona IESF World Esports Championship – kiber sport bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Ommabop
6 ming ishtirokchi, 25 mamlakat va 42,2 kilometrlik marafon: Bishkekda Snow Leopard Run bo‘lib o‘tdi
18-oktabr kuni «Manas» xalqaro aeroporti hududida Bishkek Snow Leopard Run musobaqasi yettinchi bor o‘tkazildi.
Shax va mat: O‘zbekiston Samarqanddagi shaxmat Olimpiadasida g‘olib bo‘ldi
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqandda o‘tkazilgan 46-Jahon shaxmat Olimpiadasida g‘olib bo‘ldi.
Ashxobod xalqaro bolalar shaxmat turniriga mezbonlik qiladi
19–20 avgust kunlari Ashxobodda ilk xalqaro Kids Expo–Chess Cup turniri bo‘lib o‘tadi. Turnirda 15 dan ortiq mamlakatdan yosh shaxmatchilar ishtirok etishi kutilmoqda.



