Qirg‘iziston va Turkiya Anqaradagi uchrashuv yakunida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamladi
Qirg‘iziston va Turkiya Anqaradagi uchrashuv yakunida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamladi

Qirg‘iziston IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 6-iyul kuni Anqarada Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchisi Ruslan Qozoqboyev, Qirg‘iziston IIVning Turkiyadagi vakili Manas Amanbayev hamda Turkiya Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi rahbari Ali Fidan ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Muzokaralar davomida Qirg‘iziston va Turkiya fuqarolarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Kadrlar tayyorlash masalasi ham uchrashuvning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Tomonlar Qirg‘iziston IIV xodimlarini Turkiyada o‘qitishni davom ettirish va qo‘shma ta’lim loyihalarini kengaytirishga kelishib oldi. Asosiy e’tibor kiberjinoyatchilik, ekstremizm, giyohvand moddalar noqonuniy aylanishiga qarshi kurash hamda jamoat tartibini saqlash sohalarida malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratiladi.
Ommabop
O‘zbekiston MDHga raislik qiladi: Mirziyoyev kiberfiribgarlikka qarshi qo‘shma markaz tuzishni taklif etdi
O‘zbekiston 2027-yil 1-yanvardan boshlab Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) raislik qiladi.
MDH davlatlari rahbarlari Turkmanistonda uchrashadi: Avazada prezidentlar nimalarni muhokama qiladi?
9-oktabr kuni Turkmanistonning “Avaza” milliy turizm zonasida MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.
Qozog‘istonda yangi Qurultayga ilk saylovlar bo‘lib o‘tdi
2026-yil 23-avgust kuni Qozog‘istonda mamlakatning yangi bir palatali qonun chiqaruvchi organi – Qurultay deputatlari uchun ilk saylovlar bo‘lib o‘tdi.



