Qozog‘istonlik muallif sun’iy intellekt yordamida yaratilgan filmi uchun xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi
Qozog‘istonlik ijodkor Myrzakhan Zhumakhan xalqaro Astana AI Film Festival 2026 festivalida Best Character nominatsiyasi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritdi.

Uning It Was Just a Joke («Bu shunchaki hazil edi») nomli komediyasi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan filmlarga bag‘ishlangan festival hakamlar hay’ati e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Astana AI Film Festival Qozog‘istonda o‘tkazilgan AI Month dasturi doirasida tashkil etildi.
Tanlovda 125 mamlakatdan ijodkorlar qatnashdi. Tashkilotchilarga 8 mingdan ortiq ariza kelib tushdi, final bosqichiga esa 25 ta film yo‘l oldi.
Jumaxanning filmida oddiy hazil jiddiy mojaroga aylanib ketadi. Hakamlar hay’ati asarni Best Character nominatsiyasida taqdirladi.
Festivalning bosh mukofoti latviyalik rejissyor Nikolay Shestakning The First Honest Day filmiga nasib etdi. Hindistonlik Abhik Banerji SITARA filmi bilan ikkinchi o‘rinni, ispaniyalik rejissyor Ernest Desumbila esa Looking For Perseida kartinasi bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Ommabop
O‘zbekiston dizayner Mohamed Benchellal uchun qanday ilhom manbaiga aylandi
O‘zbekiston Davlat tarix muzeyida niderland-marokashlik dizayner va rassom Mohamed Benchellalning “Sculpting Past Tomorrow” (“O‘tmishni haykaltaroshlik orqali kelajak sari”) ko‘rgazmasi ochildi.
10 yo‘nalish, 9 davlat va 500 ga yaqin yosh iste’dod: Dushanbeda Delfiya o‘yinlari o‘tkazilmoqda
To‘qqiz davlatdan kelgan musiqachilar, xonandalar, rassomlar va raqqoslar o‘z san’ati va iste’dodini namoyish etish uchun Dushanbega jam bo‘ldi.
Toshkentdagi sobiq tramvay deposi zamonaviy san’at markaziga aylandi
O‘zbekiston poytaxtida CCA Tashkent Zamonaviy san’at markazi o‘z faoliyatini boshladi. Markaz Amir Temur ko‘chasi, 6-uydagi 1912-yilda qurilgan tarixiy sanoat binosida joylashgan.



